IIV pensioner o‘qituvchini sobiq o‘quvchilari kaltaklagani haqidagi xabarga izoh berdi

© Sputnik Sputnik / Tabildi Kadirbekovkulak, arxivnoe foto
kulak, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki fuqaro spirtli ichimlik iste’mol qilish maqsadida fuqaro Hasanova Munavvaraning yashash uyiga borishgan. Oziq-ovqat do‘koni yopiq ekanligini ko‘ra bila turib, spirtli ichimlik sotishini so‘rab, katta janjal ko‘tarishgan.

TOShKENT, 24-iyun – Sputnik. IIV ijtimoiy tarmoqlarda Uzun tumanida pensiya yoshidagi o‘qituvchi sobiq o‘quvchilari tomonidan kaltaklangani haqida tarqagan xabarni o‘rgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, 9-iyun kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumani “Chaqar” mahallasida yashovchi fuqaro Hasanova Munavvarani mahalladoshlari, ya’ni shu mahallada yashovchi fuqarolar Q.S. va Yu.J.lar urib tan jarohati yetkazganligi haqida Uzun tumani Ichki ishlar bo‘limi Navbatchilik qismiga Uzun tumani tibbiyot birlashmasining tibbiyot xabarnomasi kelib tushgan. Mazkur xabarnoma shu kunning o‘zida ro‘yxatga olingan.

Holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlariga ko‘ra, joriy yilning 8-iyun kuni soat 21.30 larda “Chaqar” mahallasida yashovchi o‘sha ikki fuqaro spirtli ichimlik iste’mol qilish maqsadida Hasanova Munavvaraning yashash uyiga borishgan.

Uning yashash uyi oldida joylashgan, faoliyati 2018-yil dekabr oyidan buyon to‘xtatilgan oziq-ovqat do‘koni yopiq ekanligini ko‘ra bila turib, spirtli ichimlik sotishini so‘ragan. Uning o‘g‘li bilan tortishib turganligini eshitib, Hasanova Munavvara uyidan chiqib kelgan.

M.Hasanova ularga do‘kon yopiq ekanligini tushuntirib, ketishlarini so‘ragan vaqtda fuqaro Yu.J. M.Hasanovaning yuziga bir marotaba qo‘li bilan musht tushirib, unga tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Hozirda jabrlanuvchiga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan  bo‘lib, tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Xabarda tekshiruv natijalari yuzasidan qo‘shimcha xabar berilishi qo‘shimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0