Samarqandda haydovchini jarohatlab, avtomashinani olib qochgan yo‘lovchilar qo‘lga olindi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishAvtomobilnie vori
Avtomobilnie vori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqandda Nexia haydovchisiga tan jarohati yetkazib, avtomashinani haydab qochgan ikki shaxs qo‘lga olindi. Ulardan biri muqaddam sudlangan 20 yoshli yigit bo‘lib chiqdi.

TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Samarqandda Nexia haydovchisiga tan jarohati yetkazib, avtomashinani haydab qochgan ikki shaxs qo‘lga olindi.

IIV xabariga ko‘ra, 11-avgust ikki nafar noma’lum shaxs Pastdarg‘om tumanida yashovchi 25 yoshli J.B.ning Nexia rusumli  avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirganlar. Pastdarg‘om tumani Juma shahri To‘rttom mahallasi hududiga yetib kelganlarida ular haydovchiga tan jarohati yetkazib, uni avtomashinadan zo‘rlik ishlatib tushirib yuborganlar. So‘ngra avtomashinani haydab qochib ketganlar.

Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Mazda 3 mashinasini o‘g‘irlashda gumon qilingan ikki shaxs qo‘lga olindi

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Elbek mahallasi hududidan old chap tomon g‘ildiragi yorilgan holda topilgan.

“Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni To‘rttom mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan 20 yoshli M.O. va Nurobod tumani Baraka ko‘chasida yashovchi 24 yoshli X.N.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar”, - deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Mazda 3 mashinasini o‘g‘irlashda gumon qilingan ikki shaxs qo‘lga olingani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0