SSV tez tibbiy yordam shifokorlari bilan sodir bo‘lgan mushtlashuv holatiga izoh berdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina skoroy pomoshi
Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l chetida tez tibbiy yordam mashinasi shifokorlari bilan sodir bo‘lgan mushtlashuv aks etgan videoyozuv tarqaldi.

TOShKENT, 14 avg — Sputnik. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tez tibbiy yordam shifokorlari bilan sodir bo‘lgan mushtlashuv holatiga izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, videolavhada aks etgan tez tibbiy yordam brigadasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga qarashli bo‘lmagan. Ta’kidlanishicha, hozirgi paytda poytaxtdagi 12 ta tez tibbiy yordam bo‘limlarida 179 ta tez tibbiy yordam brigadasi shtat rejimida tun-u kun ishlab turibdi va sutkasiga o‘rtacha 3 mingta murojaat bo‘yicha xizmat ko‘rsatmoqda.

Dastlabki tekshiruvlarga ko‘ra, videoyozuvdagi xodimlar va mashina xususiy tibbiyot muassasasiga tegishli tez tibbiy yordam brigadasiniki ekanligi aniqlandi.

Xabarda vazirlik o‘z vakolati doirasida mazkur holatni o‘rganib, tegishli qat’iy choralarni ko‘rishi va bu haqda qo‘shimcha ma’lumotlar berishi qo‘shimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0