Andijonda shifokorning qo‘lini bog‘lab, uni yoqib yuborishga uringan shaxsga jinoyat ishi ochildi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bemorning o‘g‘li va bo‘lim mudiri o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan. Natijada fuqaroning jahli chiqib, bo‘lim mudiri qo‘llarini bog‘lab, o‘zi bilan yelim idishda olib kelgan benzin yoqilg‘isini xonaga sepib, o‘ldirish bilan qo‘rqitgan.

TOShKENT, 23 avg – Sputnik. Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi xodimlariga tahdid qilib, ulardan birini yoqib yuborishga urningan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

IIV xabariga ko‘ra, 21-avgust kuni Xonobod shahar Taraqqiyot 3-tor ko‘chasida yashovchi 1982-yilda tug‘ilgan F.A. birga yashovchi onasi, 2-guruh nogironi, 1955-yilda tug‘ilgan I.A.ni sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli uni Andijon shahrida joylashgan Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining jarohat oqibatlari va ortopediya bo‘limiga olib kelgan. Onasini shu bo‘lim mudirining qabuliga olib kirmoqchi bo‘lgan va bo‘lim mudiri bilan o‘rtalarida kelishmovchilik kelib chiqqan.

Snimki, poluchennie s pomoshyu portativnogo rentgena - Sputnik O‘zbekiston
Andijonda shifokorning qo‘li bog‘lanib, ustiga benzin sepilishi yuzasidan munosabat bildirildi

Shundan so‘ng F.A.ning bundan jahli chiqib, bo‘lim mudiri qo‘llarini bog‘lab, o‘zi bilan yelim idishda olib kelgan benzin yoqilg‘isini xonaga sepib, o‘ldirish bilan qo‘rqitayotgan vaqtida shu bo‘limda ishlovchi xodimlar F.A.ni ushlab qolishgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston JKning 112-moddasi (O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) 1-qismi va 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish),173-moddasi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda shifokorlarga bemorning qarindoshi tomonidan suiqasd uyushtirilgani va bu hodisaga Sog‘liqni saqlash vazirligi munosabat bildirgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0