Samarqand va Qarshida mushakbozlik vaqtida yong‘in yuz berdi - video

© press-slujbaV Samarkande i Karshi proizoshli pojari posle prazdnichnix salyutov
V Samarkande i Karshi proizoshli pojari posle prazdnichnix salyutov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand va Qarshida mushakbozlik vaqtida ochiq maydondagi qurigan o‘tlar yongan.

TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Samarqand va Qarshida mushakbozlik vaqtida ochiq maydondagi qurigan o‘tlar yongan. Bu haqda Sputnik muxbiriga FVV matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, 2019-yil 1-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28-yilligi bayrami munosabati bilan Samarqand shahridagi “V.Abdulla” ko‘chasi oldidagi ochiq maydonda o‘rnatilgan mushaklar otilishi jarayonida mushaklarning o‘chmay qolgan cho‘g‘ parchalari 350 metr uzoqlikdagi qurigan o‘tlar ustiga kelib tushishi natijasida 40 sotix maydonda quruq o‘t yongan.

Mazkur tadbirga jalb etilgan navbatchilikda turgan 3 ta yong‘in o‘chirish ekipaji hamda 1 ta suv tashishga mo‘ljallangan yordamchi texnika yordamida yong‘in soat 21:27 da to‘liq bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar yo‘q. Alanga bino va inshootlarga o‘tmagan.

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi M.Toshmuxammedov nomidagi musiqali drama teatri oldidagi ochiq maydonda o‘tkazilgan mushakbozlik davomida mushaklardan birining nuqsoni bo‘lganligi va uning yetarlicha yerdan ko‘tarilmasdan yorilishi evaziga undan chiqqan uchqun 300 metr uzoqlikdagi qurigan o‘tlar ustiga tushishi oqibatida 40 kv.metr maydonda yong‘in yuzaga kelgan. Tadbirga jalb etilgan navbatchilikda bo‘lgan 3 ta yong‘in o‘chirish ekipaji yordamida yong‘in 5 daqiqada bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar yo‘q. Alanga bino va inshootlarga o‘tmagan.

Yangiliklar lentasi
0