Toshkentda ota 26 yoshli o‘g‘lini qidirmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobilnoe dvijenie v Tashkente
Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yunusobod tumanida yashovchi fuqaro o‘g‘li “Spark” rusumli avtomashinasida uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma’lum qilgan.

TOShKENT, 3 sen – Sputnik. Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi fuqaro o‘g‘lini qidirmoqda.

IIV xabariga ko‘ra, 2-sentabr kuni  B. Ergashev IIBga murojaat qilib, shu kuni soat 14:00larda  26 yoshli o‘g‘li Nodir Ergashev o‘zining davlat raqami 01 A 528 G‘V bo‘lgan “Spark” rusumli avtomashinasida uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib bedarak yo‘qolganligini ma’lum qilgan.

Mashina militsii v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 10-yil ilgari bedarak yo‘qolgan erkak qidirilmoqda - foto

Nodir Ergashevni qidirib topish choralari ko‘rilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

IIV N. Ergashevni va uning boshqaruvidagi avtomashinani ko‘rgan yoki u haqida biror bir ma’lumotga ega bo‘lganlardan ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki “102” telefon raqamiga xabar berishini so‘raydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda “Kaptiva” rusumli avtomashinasida uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan 19 yoshli yigit topilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0