Razan viloyatida 6 nafar o‘zbekiston fuqarolari YTHga uchradi

© RazpressaV Razani v DTP popali shest uzbekistansev
V Razani v DTP popali shest uzbekistansev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Razanda YTHga uchragan o‘zbekistonliklarning 2 nafari jonlantirish bo‘limiga joylashtirildi.

TOShKENT, 5 sen - Sputnik. Rossiyaning Razan viloyatida olti nafar O‘zbekiston fuqarolari YTHga uchradi, deb xabar qilmoqda Razpressa.

"R22 “Kaspiy” trassasida jarohatlanganlarning 2 nafari Mixaylovskiy tuman shifoxonasining jonlantirish bo‘limida. Shifokorlar ularning tuzalib ketishiga umid bildirishdi. Yana 2 nafar jarohatlanganlarda ayni damda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilmoqda", - deyilgan xabarda. 

Qolgan, 3 nafar fuqarolar ham travmatolog shifokor ko‘rigidan o‘tkazilgan.YTHda jami 7 kishi jarohatlangan. Ulardan 1 kishi Rossiya fuqarosi 6 nafari O‘zbekiston fuqarolari. Barchasi voyaga yetganlar, deyilgan mahalliy nashr xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Novosibirskda O‘zbekiston fuqarolari YTHga uchragan edi. O‘shanda 2 nafar fuqaro qurbon bo‘lgan va ikki nafar fuqaro jarohat olgan edi.

Yangiliklar lentasi
0