Jizzaxda “antiqa” usulda elektr energiyasi o‘g‘irlangani fosh etildi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishElektrik ustanavlivayet sovremenniy elektroschetchik
Elektrik ustanavlivayet sovremenniy elektroschetchik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iste’molchi qilmishi uchun elektr tarmog‘idan uzildi va 302 mln. so‘m jarimaga tortildi.

TOShKENT, 5 sen - Sputnik. Jizzaxda elektr energiyasini o‘g‘irlashning “antiqa” usuli aniqlandi.

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, Jizzax shahridagi “Original Food Invest” MChJga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida o‘rnatilgan “Mercury 230 ART” elektr hisoblagichidagi ishlab chiqaruvchi zavodning golografik muhriga ziyon yetkazilganligi shubha o‘yg‘otdi.  Bu holatga aniqlik kiritish maqsadida ushbu turdagi elektr hisoblagichlar ishlab chiqaruvchining O‘zbekistondagi vakili - “Neotech Group” MChJga murojaat qilindi. Elektr hisoblagichning standart talablariga mosligi tekshirilganda elektr energiyasini o‘g‘irlashning “antiqa” turi aniqlandi.

Sherzod Xodjayev - Sputnik O‘zbekiston
"Aqlli hisoblagichlar" aldayaptimi: energetika vaziri o‘rinbosari aniq javobni aytdi

“Neotech Group” MChJning bergan xulosasiga ko‘ra, “Original Food Invest” MChJ ning elektr hisoblagichdagi zavod tomonidan o‘rnatilgan golografik muhr va kafolat yorlig‘i buzilganligi, eng muhimi - elektr hisoblagichning ichki xotira bloki almashtirib, boshqa hisoblagichning ichki xotira bloki o‘rnatilganligi oshkor bo‘ldi”, - deyiladi xabarda.  

Ushbu xolat bo‘yicha qoidabuzarlik dalolatnomasi rasmiylashtirildi. Iste’molchi elektr tarmog‘idan uzildi va 302 mln. so‘m jarimaga tortildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qashqadaryolik bir tadbirkorning elektr energiyasi hisoblagichining ichki qismiga maxsus qurilma (chip) o‘rnatgani, ushbu qurilma pult orqali boshqarilib, qurilma ishga tushirilgan vaqtda elektr hisoblagich oqib o‘tayotgan elektr energiyasini hisobga olmasligi bilan o‘g‘irlik sodir etib kelgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0