TOShKENT, 10 sen – Sputnik. “Aksarayskiy” (Rossiya) nazorat-o‘tkazish punktidagi chegara tekshiruvi paytida poyezddan vafot etgan yo‘lovchi topildi. Jasad “Toshkent-Volgograd” yo‘nalishidagi 323-sonli poyezdning vagonlaridan birida bo‘lgan.
Rossiya Tergov qo‘mitasining Transport bo‘yicha Janubiy tergov boshqarmasi xabariga ko‘ra, u 1967-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi ekanligi ma’lum bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, jasadda qotillik belgilari aniqlanmagan.
Hozirda voqea joyi ko‘zdan kechirilgan va hodisaga guvoh bo‘lganlar so‘roq qilingan. Hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlashga qaratilgan tekshiruv tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra protsessual qaror qabul qilinadi.