SSV Angrendagi fojia yuzasidan qo‘shimcha ma’lum berdi

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Mediabankka o‘tishMeditsinskaya sestra
Meditsinskaya sestra - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Angren shahri hududidagi avtomobil yo‘li va temir yo‘l kesishmasida avtotransport vositalari hamda yuk tashish poyezdining to‘qnashishi oqibatida ikki kishi qurbon bo‘ldi. Vazirlik tomonidan safarbar qilingan malakali mutaxassislar jarahatlanganlar hayoti uchun kurashmoqda.

TOShKENT, 10 sen - Sputnik. O‘zbekiston Sog‘liq saqlash vazirligi Toshkent viloyati Angren shahrida ro‘y bergan yo‘l transport hodisasi oqibatida jarohatlanganlar borasida ma’lumot berdi.

YTH oqibatida jabrlangan 22 yoshli F. Yu. “Bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi,yuz yumshoq to‘qima jarohati hamda ko‘krak qafasi yumshoq to‘qima jarohati”, 24 yoshli A. N. “Bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi, yuz yumshoq to‘qima jarohati, ko‘krak qafasi yumshoq to‘qima jarohati”, 30 yoshli A.N. “Bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi, chap ko‘z yumshoq to‘qima jarohati, o‘ng tizza yopiq jarohati, o‘ng oyoq uchinchi barmoqning chiqishi, ko‘krak qafasi yumshoq to‘qima jarohati”, 51 yoshli X.M. esa “Bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi, pastki jag‘ning yopiq sinishi, yuzning o‘ng sohasi va peshona sohasining lat yeyishi, yuqori lab lat yeyishi va yirtilishi” tashxislari bilan Angren shahar tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limida davo muolajalari olmoqda.

Jeleznodorojniy pereyezd - Sputnik O‘zbekiston
Angrenda yuk mashinasi poyezdga urilishi oqibatida 2 kishi qurbon bo‘ldi

Qayd etilishicha, ularning ahvoli SSV tomonidan doimiy nazoratga olingan. Vazirlik tomonidan safarbar qilingan malakali mutaxassislar jarahatlanganlar hayoti uchun kurashmoqda. Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Angren shahri hududidagi avtomobil yo‘li va temir yo‘l kesishmasida avtotransport vositalari hamda yuk tashish poyezdining to‘qnashishi oqibatida YTH sodir bo‘lgani xabar qilingan edi.  “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan “SAMS” rusumli yuk mashinasi yuk vagonlarni tortib ketayotgan poyezdning  8-vagoniga urilgan. Natijada vagonlarning 2 tasi izidan chiqib ketib, qarama-qarshi yo‘nalishda turgan “Damas” rusumli avtomobilni bosib qolgan.

“Damas” avtomobilida bo‘lgan 5 nafar fuqarodan 2 nafari N.A. va A.X. voqea joyida vafot etgan. Qolgan jarohat olgan 3 nafar fuqaro hamda “SAMS” rusumli avtotransport vositasi haydovchisi Angren shahar  tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga olib kelingan va zudlik bilan tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazilib, birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Yangiliklar lentasi
0