Toshkent-Volgograd poyezdida o‘zbekistonlik nima sababdan vafot etganiga oydinlik kiritildi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishPoyezd OAO "RJD", arxivnoe foto
Poyezd OAO RJD, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Toshkent-Volgograd” yo‘nalishidagi poyezdda o‘zbekistonlikning jasadi topilgani haqida xabarlar tarqaldi. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ma’muriyati ushbu holat yuzasidan izoh berdi.

TOShKENT, 12 sen - Sputnik. “Toshkent-Volgograd” yo‘nalishidagi poyezdda jasadi topilgan O‘zbekiston fuqarosining vafotiga uning yurak xuruji sabab bo‘lgan.

Mertviy chelovek na asfalte - Sputnik O‘zbekiston
“Toshkent-Volgograd” yo‘nalishidagi poyezdda o‘zbekistonlikning jasadi topildi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabarida qayd etilishicha, 5-sentabr kuni Nukusdan Volgogradga borish uchun yo‘lga chiqqan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumanida yashovchi 52 yoshli A.G ismli yo‘lovchi safar davomida o‘zini yomon his qilgan va tobi qochgan. Vagon kuzatuvchilari darhol tez tibbiy yordam chaqirishgan. Poyezd “Aksarayskiy” (Rossiya) nazorat-o‘tkazish punktiga yetib kelganda yo‘lovchining ahvoli og‘irlashgan va vafot etgan.

Vagon kuzatuvchilari hamda yo‘lovchilarning so‘zlariga qaraganda yo‘l davomida hech qanday zo‘ravonlik, yoki qasddan zarar yetkazish holatlari kuzatilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Aksarayskiy” (Rossiya) nazorat-o‘tkazish punktidagi chegara tekshiruvi paytida poyezddan vafot etgan yo‘lovchi topilgani xabar qilingan edi. Jasad “Toshkent-Volgograd” yo‘nalishidagi 323-sonli poyezdning vagonlaridan birida bo‘lgan va u O‘zbekiston fuqarosi ekani aniqlangan.

Yangiliklar lentasi
0