Mashina ta’miri evaziga: Yoqutistonlik ayolni zo‘rlagan migrantlarga hukm o‘qildi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishKoloniya obshego rejima
Koloniya obshego rejima - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yoqutistonda bir ayolning migrantlar tomonidan zo‘rlanishi jamoatchilik orasida katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi. Bir necha yuz norozi fuqarolar shaharning bosh maydoniga mitingga chiqib, noqonuniy migratsiyaga nuqta qo‘yishga chaqirdilar. Natijada chet el fuqarolariga ushbu hududda iqtisodiy faoliyatning 33 turi bilan shug‘ullanish taqiqlandi.

TOShKENT, 12 sen – Sputnik. Yakutsk shahrida istiqomat qiluvchi ayolni o‘g‘irlash va nomusiga tegishda ayblanayotgan migrantlar ustidan hukm chiqarildi.

Yakutsk - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada Yoqutistonda juda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan jinoyatga izoh berishdi

“Sud hukmi bilan ayblanuvchilar mazkur jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topildi. Jinoyat ishining asosiy figuranti 14-yil ozodlikdan mahrum qilindi. U jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘taydi.  Qolgan ikki nafar ayblanuvchilarga to‘rt yilu 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Ular jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘taydilar”, - deya yozadi RIA Novosti.

Hukm hozircha qonuniy kuchga kirmagan.

Yakutskdagi shov-shuvli voqea

Tergovda aniqlanishicha, mart oyi boshida Yakutsk shahrida avtomashinalarni ta’mirlash ustaxonasida ishlovchi ikki nafar ayblanuvchi oshnalarining mashinasini ta’mirlab berishadi. Ta’mir haqqi 5 ming rublni tashkil etadi. Mijozning esa to‘lash uchun puli bo‘lmagan, shunda u to‘lov tariqasida intim xizmat ko‘rsatuvchi qizni olish kelishni taklif qiladi. Ustalar rozi bo‘lishadi.

Silnie morozi v Yakutii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston mehnat vazirligi Yoqutistondagi antimigrant aksiyalaridan xavotirda

16 mart kuni kechqurun ayblanuvchi qizni izlab topish maqsadida yo‘lga tushadi va Kuzmin ko‘chasida o‘tkinchi ayolni ko‘radi. U ayolni kuch bilan mashinaga o‘tqazib, eshiklarni qulflaydi. Voqea joyidan uzoqlashadi va xilvat joyda ayolning nomusiga tegadi.

Shundan so‘ng u jabrlanuvchini avtoservisga olib borib, ustalar qo‘liga topshiradi.

Ular jabrlanuvchini avtoservisda ushlab turishadi, ulardan biri esa ayolga nisbatan jinsiy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlarni sodir etadi. Tong saharda erkaklar uxlab qolganidan foydalangan jabrlanuvchi qochib ketadi va politsiyaga murojaat etadi.

Markaziy Osiyo respublikalaridan biridan bo‘lgan fuqaro o‘z tanishlari yordamida yoqutistonlik ayolni o‘g‘irlab ketib va zo‘rlagani haqidagi xabar tarqalgandan so‘ng Yakutsk shahri markaziy maydonida 200 ga yaqin mahalliy aholi norozilik namoyishiga chiqdi. Miting ishtirokchilari hukumatdan migrantlarga qarshi qonunchilikni keskinlashtirishni va aybdorlarni jazolashni talab qilishdi. Oradan ko‘p o‘tmay hudud rahbari farmoni bilan Yoqutistonda migrantlarga savdo-sotiq, yo‘lovchi tashish, mahsulotlar, ichimlik va kiyim-kechaklar ishlab chiqarish sohasida ishlash taqiqlandi.

Yangiliklar lentasi
0