Qozog‘istonda poyezd avtobusni urib ketdi

© pixabayJeleznodorojniy pereyezd
Jeleznodorojniy pereyezd - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda poyezd yo‘lovchi avtobusni urib yubordi. Qurbonlar va jarohatlanganlar bor. Ijtimoiy tarmoqlarda YTH videosi paydo bo‘ldi.

TOShKENT, 16 sen - Sputnik. Kecha Qozog‘istonda ayanchli YTH sodir bo‘ldi. Olma-ota viloyatida poyezd yo‘lovchi avtobusini urib ketdi, bir kishi vafot etgan 3 kishi jarohatlandi deb habar qilmoqda Tengrinews.

Fragment passajirskogo avtobusa, stolknuvshegosya c poyezdom na jeleznodorojnom pereyezde nepodaleku ot stansii Pokrovka vo Vladimirskoy oblasti. Maksimalno vozmojnoe kachestvo. - Sputnik O‘zbekiston
Vladimirda jabrlangan yo‘lovchilar Moskvaga olib kelinadi

Kecha 15-sentabr kuni kech soat 19:20 larda Almati - Kaskelen yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobus, temiryo‘l bilan kesishgan chorrahada semaforning ta’qiqlovchi signaliga qarmasdan chorrahani kesib o‘tishga harakat qilgan. Lekin u yerda avtomobillar tartibsiz harakati tufayli chorrahani tezda kesib o‘ta olmagan.

Shundan so‘ng haydovchi barcha yo‘lovchilarni tezda avtobusdan tushirishga harakat qilgan, lekin uning o‘zi avtobusni tark etishga ulgurmagan. To‘qnashuv oqibatida avtobus haydovchisi vafot etgan yana bir necha kishi jarohatlangan.

Shu vaqt katta tezlikda kelayotgan poyezd ushbu yo‘lovchi avtobusni urib yuborgan. Internetda voqea joyida olingan  videolavhalar tarqaldi.

Eslatib o‘tamiz bir necha yil oldin Rossiyaning Vladimir Viloyatida ham qozog‘istonlik haydovchi boshqaruvida bo‘lgan avtobus temiryo‘l kesishmasida to‘xtab qolgani tufayli 16 nafar yo‘lovchi qurbon bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0