Toshkentlik firibgar tanishini 50 ming dollarga chuv tushirdi

© pixabayDollari SShA
Dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentlik ayol tanishiga 50 ming dollar berib, bu pullarni Qozog‘istondagi tanishlariga yetkazib qo‘yishni so‘ragan

TOShKENT, 18 okt - Sputnik. Toshkentlik ayolni yaqin tanishi 50 ming dollarga chuv tushirdi. Firibgar bu pullarni ayolning Qozog‘istonda yashaydigan tanishlariga yetkazib qo‘yish va’dasini bergan, deb xabar qilmoqda IIBB matbuot xizmati.

Xaker - Sputnik O‘zbekiston
IIV internet tarmog‘idagi firibgarlardan ogohlantirdi

"16-oktabr kuni Sergeli tumani ichki ishlar organiga 31 yoshli Aleksandra K. murojaat qildi. Ayol iyun oyida 50 ming AQSh dollarini Qozog‘istonda yashovchi tanishlariga yetkazishda yordam berishni va’da qilgan tanishi 37 yoshli Artom S.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘radi", - deyiladi IIBB xabarida.

Xabarda aytilishicha, Aleksandra tanishining taklifiga rozi bo‘lib, unga pullarni bergan. Ammo Artom pullarni manzilga yetkazmagan, egasiga ham qaytarmagan, shunchaki o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Ushbu fakt yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi ("Firibgarlik") bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov ishlari olib borilmoqda.  

IIBB fuqarolarni hushor bo‘lishga, o‘z pullarini yaxshi tanish bo‘lmagan kimsalarga notarial tasdiqsiz bermaslikka chaqirib qolgan.

Yangiliklar lentasi
0