O‘zbekistonda giyohvand moddalarining "mahoratli" savdogarlari qo‘lga olindi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishIzyatie v xode reydov narkotiki
Izyatie v xode reydov narkotiki  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘shni davlat hududidan kanal orqali O‘zbekistonga yelim idishlarida giyohvand moddalar yuborilayotgani aniqlandi.

TOShKENT, 21 okt – Sputnik. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh qo‘lga olindi, xabar qiladi O‘zMAA.

Sigan-narkotorgoves, zaderjanniy sotrudnikami narkopolitsii - Sputnik O‘zbekiston
Narkotik moddalarni chegaradan olib o‘tishda "jonli konteyner" usuli ommalashmoqda - bojxona

Namangan shahrida yashovchi Erkin Mavlonov, Mirzohid Lutfillayev va Bahodir Turg‘unovlar giyohvandlik moddasini xarid qilish maqsadida Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod viloyati Axsi tumaniga borishadi. U yerda 2 kg 942 gramm “gashish”ni 15 ming AQSh dollariga sotib olishga kelishib, pulni olib kelgunga qadar garov tariqasida M.Lutfullayevning fuqarolik pasportini hamda B.Turg‘unovning o‘zini Qirg‘iziston hududida qoldirishadi. Lutfullayev giyohvand moddani aylanma yo‘llar orqali O‘zbekiston hududiga olib kiradi va uni Mavlonovga berayotgan vaqtda ikkalasi ham qo‘lga olinadi. Tekshiruvlar davomida qo‘lga olinganlarning birini uyidan qo‘shimcha 158 gramm “gashish” moddasi topildi.

Yana bir giyohvand moddalari savdogari Namangan viloyati markazida “Sarbon” tantanalar majmuasi oldida qo‘lga olindi. Bu 1973-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan Ma’sum Rahmatjonov bo‘lib, u Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan keltirilgan 7 kg 667 gr. “gashish” moddasini olib ketayotgan vaqtida ushlangan edi.

Opiyniy mak - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘qonda imom yordamchisi giyohvand moddalar bilan qo‘lga tushdi

Giyohvand moddalarini respublikaga olib kirishda Qirg‘iziston fuqarosi boshqa bir “mahoratli” usulni ishlab chiqib, uni bir necha vaqt mobaynida amalga oshirib kelganligi aniqlanadi. Xususan, qirg‘izistonlik ayol “o‘zbek-qirg‘iz” davlat chegarasini ajratib turuvchi “Shahrixonsoy” kanaliga qo‘shni davlat hududida turib, “gashish” giyohvandlik moddasi joylashtirilgan 5 dona yelim idishlarni oqizib yuborardi. Kelishilgan vaqtda Andijonda istiqomat qiluvchi fuqaro Holmatov kanal orqali hajmi 1 kg 982 gr “yuk”ni qabul qilib oladi.

Huddi shunday usulda giyohvand moddalarni boshqa o‘zbekistonlik Lochinbek Latipjonov ham qirg‘izistonlik Abdulaziz ismli shaxs tomonidan mazkur kanal orqali oqizib yuborilgan 2 kg 810 gr “gashish” moddasini qabul qilib olib, kelgusida sotish uchun o‘z yashash xonadoniga yashirib qo‘yadi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida og‘ufurushlardan jami 15 kg 559 gr. “gashish” giyohvand moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0