Jizzaxda fuqaro ov qurolidan odamlar to‘dasiga qarata 6 marotaba o‘q uzdi

© CC0 / sluehr3g / Shotgun Oxotnichye rujye
Oxotnichye rujye - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh prokuratura Jizzax viloyatida ov quroli qo‘llagan holda odam hayotiga suiqasd qilish jinoyati yuzasidan bayonot berdi.

TOShKENT, 22 okt - Sputnik. Jizzax viloyatida ov qurolidan o‘q uzib, fuqarolarni qasddan o‘ldirishga suiqasd qilgan shaxs hibsga olindi.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, 20-oktabr kun soat 00.00larda Sh.Rashidov tumani, Toqchilik mahallasida fuqaro 40 yoshli Zafar I. 20 yoshli  fuqaro Yorqin B. va uning qarindoshlari bilan o‘zaro janjallashgan. Janjal vaqtida u MS-2112 rusumli ov quroli bilan ularga qarata 6 marotaba o‘q uzib, qasddan o‘ldirishga suiqasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Zafar I.ga nisbatan JKning 25, 97-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyatchi protsessual tartibda ushlangan va tergov harakatlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0