“Navoiy azot”da 4 kishi noma’lum gazdan zaharlandi

© Navoiyazot AO «Navoiyazot»
 AO «Navoiyazot» - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Navoiy azot”ga qarashli PVX zavodida 4 kishi noma’lum gazdan zaharlanib kasalxonaga yotqizildi. SSV mazkur holatni qat’iy nazoratga olgan.

TOShKENT, 29 okt - Sputnik.  “Navoiy azot”ga qarashli PVX zavodida 4 kishi noma’lum gazdan zaharlanib kasalxonaga yotqizildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida qayd etilishicha, 28-oktabr kuni taxminan soat 16:00da Navoiy viloyati “Navoiy azot” AJga qarashli PVX zavodida noma’lum kuydiruvchi gazdan ingalyatsion zaharlanish yuz bergan. 

Avtomobil skoroy meditsinskoy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Xorazmda butun boshli oilaning gaz isidan vafot etishiga nima sabab bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan. Favqulodda vaziyatda jarohatlangan 4 nafar bemor Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Toksikologiya bo‘limiga yotqizilgan. 

Ta’kidlanishicha, tajribali shifokorlar tomonidan bemorlarning ahvoli baholanib, ularga zamonaviy davolash standartlari bo‘yicha malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

SSV mazkur holatni qat’iy nazoratga olganini va bemorlarning ahvoli yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berishini ma’lum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0