Bekobodda 3 nafar voyaga yetmagan shaxs mast holatdagi ikki kishini pichoqladi

© SputnikUbiystvo nojom
Ubiystvo nojom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mast holatda bo‘lgan ikki nafar shaxs sanchilib kesilgan tan jarohatlari bilan tez yordam bo‘limiga keltirilgan.

TOShKENT, 8 noya – Sputnik. Bekobodda 3 nafar voyaga yetmagan shaxs ikki kishini pichoqladi. Yarim tunda mast holatda bo‘lgan ikki nafar shaxs sanchilib kesilgan tan jarohatlari bilan tez yordam bo‘limiga keltirilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.

Aniqlanishicha, 5-noyabr kuni soat 00:30 da voyaga yetmagan 17 yoshli Ya.T. o‘zining tengdoshlari D.R., D.P.lar bilan birgalikda Toshkent viloyati Bekobod shahar 13-dahada joylashgan “Mohinur” kafesida bo‘lgan va  shu yerda ovqatlanib o‘tirgan S.X. va Yo.S.lar bilan o‘zaro janjallashib qolgan.

Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Marg‘ilonda 20 yoshli fuqaro tanishini yerto‘lada pichoqladi

Janjal vaqtida o‘smirlar ularga qo‘l va oyoqlari hamda pichoq yordamida tan jarohati yetkazishgan. So‘ngra hodisa joyidan yashiringanlar.

Tergov tezkor guruhi hodisa joyidan ish uchun ahamiyatli ashyoviy dalillar rasmiylashtirib olgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston JKning 77-moddasi 3-qismi "g" bandi (bezorilik) va 104-moddasi 2-qismi “e” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, bezorilik oqibatida) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumon qilinuvchilar qo‘lga olingan va holat yuzasidan so‘roq qilinganlar. 

Qayd etilishicha, so‘roq jarayonida ular iqrorlik ko‘rsatuvlari berib, gumon qilinuvchi D.R. bir dona pichoqni o‘z xohishi bilan tergovga taqdim etgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0