TOShKENT, 8 noya – Sputnik. Bishkek markazida uchta portlash sodir bo‘ldi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.
Xabarda aytilishicha, hodisa Chuy va Erkindik ko‘chalari kesishmasi joylashgan kafeda sodir bo‘ldi. Hozirgi vaqtda "Antoshka" fastfud kafesi yonmoqda.
Ikkita yong‘in o‘chirish brigadasi keldi. Dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, kamida ikki kishi jarohatlandi.
Portlashlardan so‘ng yong‘in boshlandi, voqea joyiga qutqaruvchilar chiqib ketdi.