Bog‘chadan 180 mln so‘mlik talon-taroj qilgan mudira ishdan haydaldi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishDeti i vospitateli detskogo sada
Deti i vospitateli detskogo sada - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qibraydagi bog‘chada 180 million so‘mlik bolalar oziq-ovqatini talon-taroj qilgan mudira ishdan haydaldi.  

TOShKENT, 4 dek  - Sputnik. Maktabgacha ta’lim vazirligi Qibraydagi 25-sonli bolalar bog‘chasida 180,4 mln. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlarining talon-toroj qilinganligi aniqladi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Xususan, bog‘cha omborida 33 xil turdagi 21,6 mln. so‘mlik oziq-ovqat mahsuotlari kamomadi, 2018-2019 yillar davomida 4,1 tonna 134,7 mln. so‘mlik go‘sht hamda 7,9 ming litr 24 mln. so‘mlik sut mahsulotlari tarbiyalanuvchilarga berilmasdan o‘zlashtirib yuborilgani aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura Departamenti JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha tuman prokuraturasiga yuborilgan.

Toshkent viloyati MTB boshlig‘ining 27.11.2019 yildagi buyrug‘iga asosan Qibray tumanidagi 25-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi Z.S. egallab turgan lavozimdan ozod etilgan.

Yangiliklar lentasi
0