Yekaterinburgda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi qurbon bo‘ldi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishAvtomobil skoroy pomoshi
Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yekaterinburgdaga shaxtada yong‘in chiqishi oqibatida 3 nafar o‘zbekiston fuqarosi qurbon bo‘ldi, 1 kishi jarohat oldi.

TOShKENT, 9 dek - Sputnik. Rossiyaning Yekaterinburg shahrida 3 nafar o‘zbekistonlik ishchilar halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV Konsullik-huquqiy departamenti. 

"2019-yil 8-dekabr kuni ertalab soat 6.45da Yamalo-Nenesk avtonom okrugi Tazov tumani Pakaxin konida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarolari A.E., E.D. va A.S. vafot etdi, hamurtimiz T.A. kuyib shifoxonaga joylashtirildi", - deyilgan xabarda. 

Ayni paytda Rossiya huquqni saqlash organlari tomonidan tergov tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Yekaterinburgdagi O‘zbekisotn Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish bilan bog‘lik konsullik-huquqiy, tashkiliy va masalalar bilan shug‘ullanmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Ural federal okrugi (Kurgan, Sverdlovsk, Tumen, Chelyabinsk viloyatlari, Xanti-Mansiysk, Yugra va Yamal-Nenetsk avtonom okruglari) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur holatlarda Yekaterinburg shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7 343 276 31 66, +7 343 272 31 33, deyilgan xabarda. 

Yangiliklar lentasi
0