O‘zbekistonliklarni yangicha firibgarlikdan ogohlantirishdi

© Foto : pixabay.comMobilniy telefon
Mobilniy telefon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIBB so‘nggi paytlarda yangicha turdagi firibgarlik avj olayotgani haqida ogohlantirdi. Notanish kimsalar go‘yoki onasining janozasiga ketayotgan vaqtda Qamchiq dovonida qolib ketganini aytib, fuqarolarni chuv tushirishmoqda.

TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi fuqarolarni yangicha turdagi firibgarlikdar ogohlantirdi. Odamlarga so‘nggi paytlarda "Qamchiq dovonida qolib ketdim" mazmunidagi sms-xabarlar kelmoqda.

Mobilniy telefon v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Telefon tovlamachilari pul o‘g‘irlashning yangi usulini o‘ylab topishdi

Idora firibgar xabari matni namunasini keltirgan: “Assalomu alaykum. Men onamni janozalariga borayotganimda yo‘lda mashinam buzilib, Qamchiq dovonida qolib ketdim. Menga sizning yordamingiz kerak. Telefonimga ozroq pul tashlab yuboring”.

Xabarda yozilishicha, firibgarlar odatda 25 ming so‘m, ba’zida esa kattaroq mablag‘ so‘rashgan.

“Ya’ni, muammo pulda emas. Yordam qo‘lini cho‘zgan insonlar keyinchalik bilishlaricha, ulardan yordam so‘ragan odam umuman notanish kimsa bo‘lgan. Oddiyroq qilib izohlaganda, bu fuqarolarni aldash yo‘llaridan biridir”, - deyiladi IIBB xabarida.

Xabarda bu kabi holatlarda notanish kishiga yordam berish yoki bermaslikni kishining hal qilishi, ammo aldanib qolmaslik uchun baribir ehtiyotkor bo‘lish zarurligi qo‘shimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0