Grigoran o‘limiga doir yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi

© FacebookNariman Grigoran
Nariman Grigoran - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Taniqli dizayner Nariman Grigoran o‘limiga doir yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi – bu Instagram’dagi sirli post.

TOShKENT, 16 yanv – Sputnik. Taniqli dizayner Nariman Grigoran o‘limiga doir yangi tafsilot paydo bo‘ldi: Repost.uz nashri yozishicha, Narimon Grigoran jasadi topilganidan 3 kun avval o‘ldirib ketilgan.

"Nariman 2020-yil 11-yanvarda o‘ldirilgan bo‘lsa, biroq Grigoranning Instagramdagi rasmiy sahifasida 12-yanvar kuni post e’lon qilingan", – deyiladi xabarda.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Nariman Grigoran (@nariman_grigoryan_official)

Post ostida "Voskresnaya kinoshka" deb yozilgan. Ehtimol, Instagram sahifasini uning menejeri yuritgan, post qo‘yilganda, u dizayner o‘lganligini bilmagan.

2020 yil 14-yanvar kuni soat 11:50 larda Yashnobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Yashnobod tumanida joylashgan xonadonning mehmonxonasidan, ushbu xonadonda ijarada istiqomat qilib kelgan 1985-yilda tug‘ilgan A.N. (Nariman Grigoran) ning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Nariman Grigoran - xoreograf, dizayner va modelyer, "Nariman Grigoryan" brendining asoschisi. U 2004 -2008 yillarda O‘zbekiston raqs akademiyasida tahsil olgan.

Grigoran xalqaro raqs tanlovlarida O‘zbekistondan yagona hakam sifatida ishtirok etib kelardi.

Yangiliklar lentasi
0