Bo‘rijarda jasadi topilgan ayol haqida yangi ma’lumotlar taqdim etildi

© GUVD g. TashkentaAvtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP
Avtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, N.Axmedova 2019-yilning sentabrida Rossiya va Hindiston davlatlariga borib, onkologiyadan davolanib kelganligi, 3 kun oldin akasi onkologiya kasalligidan vafot etganligi, ayol shu tufayli siqilib yurganligi aniqlangan

TOShKENT, 13 fev - Sputnik. Toshkent shahridan oqib o‘tuvchi Bo‘rijar kanalidan topilgan ayol shaxsi aniqlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri Bosh prokuratura axborot xizmatiga tayangan holda.

Proxodashaya cherez kanal truba v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi “Bo‘rijar” kanalidan ayol kishining jasadi topildi – foto

Eslatib o‘tamiz, sal avvl bugun, 13-fevral kuni, Chilonzor tumanidan oqib o‘tuvchi "Bo‘rijar" kanalidan yoshi taxminan 55-60larda bo‘lgan osiyo millatiga mansub ayol kishining jasadi topilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Jasad tanasida zo‘ravonlik izlari bo‘lmagan.

Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida murda Shayhontohur tumanida yashagan, 1954-yilda tug‘ilgan Axmedova N. ekanligi uning turmush o‘rtog‘i tomonidan tanib olingan.

Tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasiga ko‘ra, ayolning o‘limi yuqori nafas yo‘llarining suyuqlik bilan berkilishi natijasida mexanik asfiksiyadan kelib chiqqanligi aniqlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, N.Axmedova 2019-yilning sentabrida Rossiya va Hindiston davlatlariga borib, onkologiyadan davolanib kelganligi, 3 kun oldin akasi onkologiya kasalligidan vafot etganligi, ayol shu tufayli siqilib yurganligi aniqlangan.

Ayni vaqtda Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0