“Amirsoy”ga dam olish uchun chiqqan fuqaro to‘satdan vafot etdi

© OOO AmirsoyGorniy kurort Amirsoy
Gorniy kurort Amirsoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dam olish maqsadida ushbu dam olish maskaniga chiqqan fuqaro to‘satdan sog‘lig‘i yomonlashib vafot etgan. Bu haqda IIV axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

TOShKENT, 17 fev – Sputnik. Joriy yil 16-fevral kuni soat 15:05 da Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Amirsoy” dam olish maskanida fuqaroning to‘satdan sog‘lig‘i yomonlashib, vafot etgan.

Toshkent viloyatida 21-dekabr kuni yangi “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti ochildi. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Kursheveli - Amirsoy ochilishidan yorqin suratlar

Ushbu fuqaro Toshkent shahri, M.Ulug‘bek tumanida yashovchi 1986-yilda tug‘ilgan I.A. bo‘lib, u “Amirsoy”ga dam olish maqsadida chiqqan. 

Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra fuqaroning vafot etishiga sabab "yurak xastaligi" ekani ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti joriy yil 21-dekabr kuni ochilgan edi. Uning tantanali ochilish marosimida ko‘plab mehmonlar, xorijlik sayyohlar qatnashgan edi.

Yangiliklar lentasi
0