Karate Milliy federatsiyasi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi ochildi

© Sputnik / Aleksandr Polyakov / Mediabankka o‘tishPokazatelnie vistupleniya masterov vostochnix yedinoborstv
Pokazatelnie vistupleniya masterov vostochnix yedinoborstv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston karate Milliy federatsiyasi prezidenti va federatsiya ijrochi direktori katta mablag‘ni talon-toroj qilishgan.

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. O‘zbekiston karate Milliy federatsiyasi mansabdor shaxslariga  nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Karatisti poyexali v Parij za olimpiyskimi ochkami - Sputnik O‘zbekiston
Karate bo‘yicha yosh sportchilar Parijga yo‘l oldi

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar qilishicha, Shayxontohur tumani bo‘limi “V.V.” XK rahbarining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazgan.

Unda karate Milliy federatsiyasi prezidenti M.A. 43 mln. so‘m va federatsiya ijrochi direktori N.I. 20 mln. so‘mni o‘zlarining shaxsiy plastik kartasiga asossiz ravishda o‘tkazib olib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan federatsiya prezidenti va ijrochi direktoriga nisbatan JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0