Koronavirus haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan surxondaryolik jarimaga tortildi

© Sputnik / Kirill KallinikovMessendjer Telegram na ekrane telefona
Messendjer Telegram na ekrane telefona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Telegram’dagi kanallardan birining foydalanuvchisi “ikki kishida aniqlandi” deya guruhga koronavirus haqida odamlarni chalg‘ituvchi, jamiyatda vahima uyg‘otuvchi yolg‘on ma’lumot tarqatgan.

TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Surxondaryoda koronavirus haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan shaxs jarimaga tortildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, Telegram’dagi "@GroupSurxondaryo" kanalining foydalanuvchisi 20-mart kuni “Jo`rabayevada Bor ekan 2 kishi aniqlandi 30 daqiqa oldin” deya odamlarni chalg‘ituvchi, jamiyatda vahima uyg‘otuvchi yolg‘on ma’lumot tarqatgan.

Tezkor surishtiruv ishlar natijasida guruhga yolg‘on ma’lumot tarqatgan profil egasi va foydalanuvchisi viloyatning Muzrabot tumanida istiqomat qilib, Termiz shahrida savdo shoxobchalarining birida sotuvchi bo‘lib ishlab kelayotgan fuqaro A.B. ekanligi aniqlangan.

Patrulnaya mashina uzbekskoy militsii - Sputnik O‘zbekiston
Ijtimoiy tarmoqda kulguli chellenj tarqatganlarga ma’muriy chora ko‘rilmoqda

U 23-mart kuni Ma’muriy ishlar bo‘yicha Termiz shahar sudining qaroriga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 205-moddasida ko‘rsatilgan (Favqulodda holat tartibi sharoitida jamoat tartibiga tajovuz qilish) huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Huquqbuzarga nisbatan BHMning 5 baravari, ya’ni 1 million 115 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda vahima tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud. Ushbu huquqbuzarlik 44,6 mln so‘mdan 89,3 mln  so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1-yildan 3-yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66,9 mln so‘mdan 89,2 mln so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3-yildan 5-yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3-yildan 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi

Yangiliklar lentasi
0