Mansabdorlar elektr jihozlar xarid qilish bahonasida 5,4 mlrd so‘mni talon-taroj qildi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishLinii elektroperedachi
Linii elektroperedachi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqandda elektr jihozlarni xarid qilishdagi talon-torojliklar fosh etildi. “Samarqand HETK” mansabdorlari yirik miqdordagi mablag‘ni o‘zini qilib olgan.

TOShKENT, 20-may — Sputnik. “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ mansabdorlari elektr jihozlarini xarid qilishda talon-torojlikka qo‘l urgani fosh qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘tkazilgan tekshiruvda 2017-2019 yillarda manzilli Dastur ijrosi yuzasidan korxonaga “O‘zelektroapparat-Elektroshit” AJ va Toshelektroapparat” MChJdan elektrotexnik jihozlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali maqbul (optimal) narxlarda sotib olishga ruxsat berilganligi aniqlangan.

Mujchina derjit naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Ikkita xayriya jamg‘armaning 15 ming dollarini talon-taroj qilganlar aniqlandi

Biroq, jamiyat mansabdor shaxslari elektrotexnik jihozlarni sotib olish haqida boshqa MChJlar bilan shartnomalar tuzishib, 5,4 mlrd so‘m budjet mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Bundan tashqari, jamiyat mansabdorlari tomonidan “O‘zelektroapparat-Elektroshit” AJ va “Toshelektroapparat” MChJlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida xarid qilingan transformator podstansiyalarining narxlariga nisbatan transformator podstansiyalarini 1,3 mlrd so‘mga boshqa korxonadan qimmat narxda sotib olinib, davlat va jamoat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan "Samarqand HETK" AJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0