Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonning qator hududida sezildi

© JUNI KRISWANTO / AFPPokazaniya seysmografa
Pokazaniya seysmografa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonning 10 ta hududida sezildi. Toshkentda uning kuchi 3 ballni tashkil etdi.

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. 9-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 11:39 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. U O‘zbekiston hududida ham sezildi.

Pokazateli seysmografa vo vremya zemletraseniya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yer qimirladi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila koordinatalari: 39,96 gradus shimoliy kenglik; 69,31 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,7. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 145 km janubiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila O‘zbekiston hududida: Toshkent 145 km, 3 ball, Namangan 231 km, 2 ball, Andijon 273 km, 2 ball, Farg‘ona 215 km, 2 ball, Guliston 74 km, 4 ball, Jizzax 126 km, 3 ball, Samarqand 204 km, 2 ball, Termiz 352 km, 2 ball, Qarshi 326 km, 2 ball, Navoiy 335 km, 2 ball.

O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmagan. Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

Yangiliklar lentasi
0