Moskvada qurilish ishchilari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi – video

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishMer Moskvi S. Sobanin osmotrel xod stroitelstva JK "ZILART"
Mer Moskvi S. Sobanin osmotrel xod stroitelstva JK ZILART - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvada “Severnoe Chertanovo” mikrorayonida joylashgan qurilish maydonida ishchilar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi.

TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Moskvada “Severnoe Chertanovo” mikrorayonida joylashgan qurilish maydonida ishchilar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi.

Hodisa 14-iyul kuni kunduz kuni Balaklava shoh ko‘chasidagi qurilish maydonchasida yuz berdi.

Mushtlashuvda ishtirok etgan ayrim kishilar tayoq, belkurak va hatto g‘isht olayotganini ko‘rish mumkin.

Ommaviy janjalga nima sabab bo‘lganligi noma’lum.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, voqea joyiga huquq-tartibot idoralari xodimlari, shu jumladan, OMON xodimlari ham kelgan.

Jabrlanganlar haqida rasmiy ma’lumot yo‘q, ammo guvohlarning aytishicha, bir necha kishi jarohatlandi.

Yangiliklar lentasi
0