Moliyaviy piramida: Qashqadaryoda soxta aksiyalarni sotgan shaxslarga jinoyat ishi ochildi

© Nguyen Huy KhamDollari
Dollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi bir nechta fuqarolar murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazdi.

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Qashqadaryoda soxta aksiyalarni pullab moliyaviy piramida tashkil etgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Gulsanam Alidjonova - Sputnik O‘zbekiston
Namanganda ikki erkakni do‘pposlagan qizga nisbatan jinoyat ishi tugatildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi bir nechta fuqarolar murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazdi.

Unda T.R. va boshqalar o‘zlarini go‘yoki, “N.” xorijiy kompaniyasining Qashqadaryo viloyatidagi rasmiy vakili sifatida tanishtirib, 17 ta xorijiy kompaniyaning soxta aksiyalarini sotish evaziga 2 ming nafarga yaqin fuqarodan jami 9 mln AQSh dollari yig‘ib olishgan.

Shuningdek, yanada ko‘proq pul mablag‘ jalb etish hamda mijozlar sonini orttirish maqsadida yig‘ilgan 9 mln AQSh dollaridan 800 ming AQSh dollarini odamlarga foiz hisobida berishgan.

Bundan tashqari, T.R. o‘ziga 78 ming AQSh dollariga “Volkswagen”, o‘g‘li A.N. nomiga 2 ta “Lasetti” rusumli avtomashinasini va Qarshi shahridagi savdo do‘konini sotib olib, jinoiy faoliyatdan olgan daromadlarni legallashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan T.R. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0