TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi uchta xonadonda sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“Aloqa” MFY hududida soat 07:19 da bir necha daqiqa farqi bilan qo‘shni bo‘lgan uchta uyda ketma-ket yong‘in sodir bo‘lgan
Voqea joyiga zudlik bilan Toshkent viloyati FVB qutqaruvchilari yetib kelgan. Soat 08:05 da yong‘in o‘rab olingan bo‘lsa, 08:33 da uni to‘liq bartaraf qilishga erishilgan.
Yong‘in hodisasi uylarning 400 kv. m. qismiga zarar yetkazgan. Yong‘in oqibatida jabrlangan va halok bo‘lgan fuqarolar aniqlanmagan.