Katta Farg‘ona kanaliga o‘zini tashlagan o‘smir murdasi qidirilmoqda - BP

© MChS UzbekistanaSotrudnik MChS
Sotrudnik MChS  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dekabr oyi boshida kasb-hunar maktabi talabasi Abdulaziz Abdurasulov o‘z tanishlari oldida Katta Farg‘ona kanaliga o‘zini tashlab, suvdan qaytib chiqmagan.
TOShKENT, 13 yanv - Sputnik. Bosh prokuratura matbuot-xizmati ijtimoiy tarmoqlarda Yozyovon tumanida o‘zini Katta Farg‘ona kanaliga tashlagan voyaga yetmagan Abdulaziz Abdurasulovni qidirilayotganligi haqida tarqalgan xabarlarga izoh berdi.
Ta’kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, 2020-yil 22-dekabr kuni Yozyovon tumanida tug‘ilgan, 2-sonli kasb-hunar maktabi talabasi Abdulaziz Abdurasulov voyaga yetmagan tanishlarini oldida Katta Farg‘ona kanalining Yozyovon tumani Taraqqiyot mahalla hududidan o‘tgan qismiga o‘zini tashlab, suvdan qaytib chiqmagan.
Voyaga yetmagan Abdulaziz Abdurasulovni qidirib topish yuzasidan barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0