Alisher Navoiy tavalludiga 580-yil to‘ldi

Obuna bo‘lish
Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligi arafasida O‘zbekistonda maxsus fond tashkil qilindi. Uning vazifasi buyuk mutafakkir asarlarini turli tillarga tarjima qilib dunyoga keng tarqatishdir.

Buyuk o‘zbek shoiri, ulug‘ olim va mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher (Navoiy) o‘z davri adabiyotning yorqin quyoshi bo‘lgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Xurosonda bosh vazir bo‘lgan Navoiy o‘z davrida madaniyat va ilm fan rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdi.

Alisher Navoiy turkiy tilda ijod qila boshlagan birinchi shoir bo‘lgani uchun ham uning o‘zbek adabiyoti paydo bo‘lishi va rivojlanishiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Shuningdek, Navoiy  turkiy til grammatikasi, turkiy tilda she’r yozish qoidalariga bag‘ishlangan asarlari o‘tgan asrlardan bugungi kunga qadar boshqa shoir va adabiyotchilarga ilmiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilmoqda.

Alisher Navoiy va Islom Karimov haykalini qurish kimga topshiriladi?

Alisher Navoiy hayoti davomida o‘zbek tili bilan bir qatorda forsiy tilda ham ijod qilib, o‘zidan boy me’ros qoldirdi. Shoirning forsiy tildagi she’rlari «Devoni Foniy” to‘plamiga jamlangan. Ushbu asar Tehronda, Toshkentda va Dushanbeda nashr etilgan.

Alisher Navoiy ijodiyotiga qiziqish, uni o‘rganish Yevropa va Rossiyada ham hiyla katta tarixga ega. Fransuz sharqshunosi Katrmer, rossiyalik I.N. Berezin, M. Nikitskiy va yana bir necha olimlar Navoiyning faoliyati va merosini o‘rganib chiqishgan.

O‘zbekistonda ham 20-asr davomida Alisher Navoiyning turli asarlari qayta-qayta nashrdan chiqdi. Buyuk o‘zbek olim va adiblardan Oybek, O. Sharafiddinov, S. Ayniy, V. Zohidov, Izzat Sulton, A. Qayumov, P. Shamsiyev, H. Sulaymonov, N. Mamayev, S. G‘aniyeva, A. Hayitmetov, A. Abdug‘afurov, A. Rustamovlar Alisher Navoiy ijodi jiddiy o‘rganilib, uning asosida ilmiy ishlar yaratildi.

Alisher Navoiy teatri ta’mirdan keyin ochildi

Shuningdek, Navoiyning “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Iskandar” kabi asarlari o‘zbek  teatri sahnalaridan mustahkam o‘rin egalladi.

Mustaqillik yillarida esa Alisher Navoiy asarlarini yanada kengroq o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ldi. Xususan, uning bir qator asarlarida din bilan bog‘liq bo‘lgan, oldin qisqartirib berilgan, bo‘laklari to‘liq chop etila boshlandi.

Undan tashqari, buyuk shoir va mutaffakir nomini ulug‘lash maqsadida Toshkentda Alisher Navoiy nomli Milliy bog‘ barpo etilib uning o‘rtasida shoir haykali o‘rnatildi. Undan tashqari O‘zbekistonda Alisher Navoiy nomli Davlat mukofoti ta’sis etildi, bir necha  oliy o‘quv yurtlariga, Davlat kutubxonasi, Katta akademik opera va balet teatriga Alisher Navoiy nomi berildi. Shuningdek, Navoiy nomi O‘zbekistonning markaziy viloyatlaridan biriga ham berilgan.

Navoiy haqida batafsil yuqoridagi infografikamizda tanishing.

Yangiliklar lentasi
0