Nest One - Markaziy Osiyoning eng baland binosi

Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyoda eng baland turar joy binosi Nest One haqida batafsil infografikamizda tomosha qiling.

Markaziy Osiyoda eng baland bo‘lishi kutilayotgan binoning nomi - Nestone, ya’ni "Birinchi uya" bo‘ladi. Bino yaratuvchilari aytishiga qaraganda, ushbu nom binoda yashovchilar va mehmonlar uchun - shinam va xavfsiz joy ma’nosini anglatadi.

51-qavat bo‘lishi kutilayotgan  binoning balandligi 266, 5 metr bo‘ladi. Ushbu osmono‘par binoda kishi 365 kun binoni tark etmay yashashi mumkin bo‘ladi. Unda ofislardan tashqari, restoranlar, sport zallari hamda 746ta lyuks kvartiralar bo‘ladi. Yer ostki qatlamlarida parkovkalar joylashadi.

Loyihaning umumiy qiymati 150 million dollarni tashkil qiladi. Osmono‘par bino qurilishida o‘zbekona urf-odatlar, milliy arxitektura uslublari ham inobatga olingan. Binoda karavot (topchan) qo‘yish uchun maxsus joylar ham bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0