Eng katta o‘rtacha maoshlar qaysi sohada to‘lanadi?

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda eng katta o‘rtacha maosh miqdori qaysi sohalarda ekani va qaysi viloyatlarda maoshlar miqdori nisbatan baland ekani ma’lum bo‘ldi.

Davlat Statistika qo‘mitasi Respublika bo‘yicha turli sohalarda va turli viloyatlarda o‘rtacha maosh miqdorini aniqladi. Hisobotga ko‘ra, O‘zbekistonda 2019-yilning 9 oyi davomida nominal maoshlar o‘rtacha miqdori 2 213 400 so‘mni tashkil qilgan. 

O‘rtacha maoshlar eng yuqori bo‘lgan sohalar:

Bank, kredit, sug‘urta v lizing sohasi – 4,3 mln. so‘m;
Axborot texnologiyalari – 3,9 mln. so‘m;
Sanoat sohasida – 3,1 mln. so‘m;
Yuk tashish va saqlash sohasi – 2,8 mln. so‘m;
Qurilish sohasi – 2,6 mln. so‘m;
Savdo sohasida – 2,2  mln. so‘m;
Ta’lim sohasida – 1,7 mln. so‘m;
Sog‘liqni saqlash sohasida – 1,5 mln. so‘m;

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahri, Toshkent va Navoiy viloyatlarida maoshlar miqdori Respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatgichdan yuqori, qolgan viloyatlarda - past. 

Yangiliklar lentasi
0