"Xumo" yulduzlari qaysi jamoalarga o‘tib ketishdi?

Obuna bo‘lish
Toshkent xokkey klubi Oliy ligada tanaffusga chiqishi munosabati bilan uning tarkibidagi legionerlar boshqa jamoalarga o‘tishdi. Batafsil infografikamizda tomosha qiling.

Ma’lumki, 2020-yilning 17-aprel kuni "Xumo" xokkey klubi Oliy ligada bir yil tanaffus e’lon qilgan edi. O‘tgan vaqt ichida jamoa safidagi legioner xokkeychilar o‘zlariga boshqa jamoalar topishga ulgurishdi. 

Xususan, Artom Voronin va Pavel Sinyavskiy Xanti-Mansiyskdagi "Yugra" jamoasi bilan, darvozabon Roman Smiragin, himoyachilar Arseniy Yeroxin va Nadir Islyamovlar - Tolyattining "Lada" jamoasi bilan shartnoma imzolashdi. 

Shuningdek Konstantin Gavrilenko va Gleb Letov, Artom Popitich, Dmitriy Mexonoshinlar esa Uraldagi eng taniqli klublardan biri - "Molot - Prikamya" klubi bilan shartnoma imzolashdi. Pavel Novojilov va Anton Bogaskiylar esa Tambov xokkey jamoasi bilan shartnomalar imzolashdi. 

"Xumo" sobiq yulduzlari qaysi jamoalarga o‘tgani haqida batafsil infografikamizda tomosha qiling. 

 

Yangiliklar lentasi
0