Chet elda ish qidirayotganlar uchun

Obuna bo‘lish
Xususiy bandlik agentliklari faoliyatiga qator o‘zgarishlar kiritildi. Batafsil infografikamizda tanishing.

O‘zbekistonda so‘nggi yilda xususiy bandlik agentliklari tomonidan ko‘plab qoidabuzarliklar qayd etilayotgani sababli ularning faoliyatiga jiddiy o‘zgarishlar kiritildi.

Xususan, 14-noyabrdan boshlab xususiy bandlik agentliklari faoliyatidi quyidagilar o‘zgaradi:

Agentliklar ish qidirayotgan shaxslargadan haq undirmaydi;
Xizmat haqini ish beruvchi to‘lab beradi;
Agentlik xizmat haqi - BHMning bir baravaridan oshmaydi;
Agentliklar Jamg‘armaga to‘laydigan zaxira mablag‘i miqdori 8500 BHM bo‘ldi
Agentlik va fuqaro orasidagi shartnoma labormigration.uz axborot tizimida ro‘yxatga olinadi

Mehnat migratsiyasi muammolariga bag‘ishlangan tadbirda ma’lum bo‘lishcha, bugungi kunda O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklari faoliyatida ko‘plab qonunbuzarliklar aniqlangan. Xususan, 9338 nafar fuqarolarda 79 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ noqonuniy yig‘ib olgani qayd etilgan. 11ta bandlik agentligining 51 nafar xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Yangiliklar lentasi
0