Kichkintoylarga yo‘l bering!

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hukumati yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha yangi tartib joriy etdi. Unga ko‘ra, tug‘ilgan bola haqidagi ma’lumot barcha davlat muassasalari axborot tizimlariga avtomatik ravishda kiritiladi. 

2021 yilning 1-sentabrida butun Respublika hududida ishga tushadigan yangi tartibga asosan tibbiy muassasa xodimlari tug‘ilgan chaqaloq va uning ota-onasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron axborot almashish tizimiga kirtadi. ma’lumot bir vaqtning o‘zida FDXYo Yagona elektron arxivlarida va boshqa davlat organlari elektron tizimlariga yuboradi.

Shundan so‘ng FDXYo bo‘limi ma’lumot olingan vaqtdan so‘ng 3 soat ichida tug‘ilganlik haqida guvohnoma rasmiylashtiradi IIB tuman bo‘limi bir kun ichda bolaning ota-onasi doimiy ro‘yxatda turgan joyida ro‘yxatdan o‘tkazadi.

Bolaning ota-onasi yuborgan anketaga muofiq Maktabgacha ta’lim vazirligi bog‘chaga navbatga yozadi. 

Yangi tartib hozirgi kunda Toshkent va Nukusda amal qilmoqda. 2021 yilning 1-fevralidan barcha viloyat markazlarida ishga tushadi. 2021-yilning 1-sentabridan butun respublika bo‘yicha ishga tushadi. 

Yangiliklar lentasi
0