O‘zbekiston Turkiyaga mehnat muhojirlarini jo‘natishni boshlaydi

© Foto: AGN «Moskva”GBU «Migratsionniy sentr”
GBU «Migratsionniy sentr” - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va Turkiyaning "Tayga grup" kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekiston fuqarolarini Turkiya Respublikasida ish bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida kelishuv imzolandi.

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. O‘zbekiston Turkiyaga belgilangan tartibda o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarini yuborishni boshlaydi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Samolet Airbus A320 - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va Turkiyaning "Tayga grup" kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekiston fuqarolarini Turkiya Respublikasida ish bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida kelishuv imzolandi.

"Tayga grup" 2006-yildan buyon Turkiyaning Antaliya, Istanbul, Izmir, Mug‘la, Dengizli va G‘oziantep shaharlarida mehmonxona biznesi sohasida faoliyat yuritib keladi. Shuningdek, mazkur kompaniya xorijliklarga ishlash uchun ruxsatnoma va vaqtincha turar-joyni rasmiylashtirishda ko‘maklashish hamda xorijdan kelgan talabalarga talabalarga malaka oshirish bilan bog‘liq masalalarda yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

"Turkiyadagi mehmonxonalarda xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlariga katta ehtiyoj bor. Kompaniya bilan hamkorlik qiluvchi ish beruvchilar rus va ingliz tillarini biladigan xodimlarni talab qilishadi. Sayyohlik sohasi mavsumiy bo‘lganligi uchun xodimlar bilan bir yilgacha bo‘lgan muddatga mehnat shartnomasi imzolanadi", — deb ta’kidladi turk kompaniyasi vakili Mahmud Yovuz Qalqon.

Turkiya kompaniyasi xizmatchi, idish yuvuvchi, animator, resepshn, ofitsant, barmen, shveysar, oshxona ishchisi, oshpaz lavozimlariga xodimlarni olmoqda. O‘rtacha oylik oyiga 430 dollarni tashkil qiladi, ish kunlari — dushanbadan juma kunigacha. Yashash, ovqatlanish va O‘zbekistondan borish harajatlarini turk kompaniyasi tomonidan to‘lanadi.

Turkiyada ishlamoqchi bo‘lganlar 2018-yil 14-17 mart kunlari mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha agentlikka murojaat qilishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0