Rossiyadagi o‘zbekistonliklar diqqatiga: qaysi konsullikka murojaat etishni bilib oling

© SputnikPosolstvo Uzbekistana v Rossii
Posolstvo Uzbekistana v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
TIV xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi konsullik bo‘limi vaqtincha Volga bo‘yi, Shimoliy-Kavkaz va Janubiy federal okruglariga xzmat ko‘rsatadi

TOShKENT, 3 noya - Sputnik. O‘zbekiston TIV rasmiy saytida Rossiya Federatsiyasi hududidagi O‘zbekiston Respublikasining yangi bosh konsulxonalari konsullik okruglari to‘g‘risida xabar chop etildi.

Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
TIV Konsullik boshqarmasiga murojaatlar soni ikki baravarga oshdi

Xabarga ko‘ra, Moskva shahridagi Elchixonaning konsullik bo‘limi Markaziy federal okrugga xizmat ko‘rsatadi.

Shuningdek, Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxona - Shimoli-g‘arbiy federal okrug; Novosibirskdagi - Sibir federal okrugiga; Vladivostok shahridagi - Uzoq Sharq federal okrugiga; Yekaterinburgdagi Bosh konsulxona - Ural federal okrugiga; Qozon shahridagi Bosh konsulxona Volga bo‘yi federal okrugiga; Rostov-na-Donu shahridagi Bosh konsulxona Shimoliy-Kavkaz va Janubiy federal okrugiga biriktirilgan.

TIV axborot xizmati shuningdek, Vladivostok, Yekaterinburg, Qozon, Rostov-na-Donu shaharlaridagi bosh konsulxonalar tomonidan konsullik harakatlar amalga oshirilmayotgani sababli zarur tashkili masalalar hal etilgunga qadar O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi konsullik bo‘limi Volga bo‘yi, Shimoliy-Kavkaz va Janubiy federal okruglariga, Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxona esa Uzoq Sharq va Ural federal okruglariga ham xizmat ko‘rsatishini ma’lum qilgan.

Ta’kidlanishicha, har bir konsulxonaning to‘liq faoliyat yuritishi boshlanishi to‘g‘risida qo‘shimcha tarzda ma’lum qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0