O‘zbekiston Xalqaro migratsiya tashkilotiga a’zo bo‘ldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyoning aholi soni jihatdan ham migrantlarni yuborish bo‘yicha ham asosiy davlati - O‘zbekiston - Markaziy Osiy mintaqasida XMTga a’zo bo‘lgan oxirgi davlat bo‘ldi

TOShKENT, 28 noya - Sputnik. Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot kengashi O‘zbekistonning XMTga a’zo bo‘lish arizasini ma’qulladi. Mamlakat tashkilotning 173-a’zosiga aylandi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Tashqi migratsiya masalalari agentligi Samarqand viloyati filiali rahbari Abduaziz Xafizov.

Migranti iz Gondurasa begut ot slezotochivogo gaza, raspilennogo amerikanskimi pogranichnikami - Sputnik O‘zbekiston
"Professional ish": Vashington Meksika chegarasida migrantlar quvilishini shunday baholadi

Ta’kidlanishicha, bu haqda XMT matbuot-xizmati ham xabar bergan. 27-noyabr kuni Jeneva shahrida o‘tkazilgan XMTning 109-sessiyasida O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish qarori qo‘llab-quvvatlangan.

"O‘zbekistonni XMT oilasida katta mamnuniyat bilan qarshi olaman. Sizning mamlakatingiz migrantlar qadim zamonlardan kesib o‘tgan jahonning eng qadimiy va eng farovon savdo yo‘llarini tashkil etadi ", - deb qayd etgan tashkilotning yangi bosh direktori Antonio Vitorino.

Markaziy Osiyoning aholi soni jihatdan ham migrantlarni yuborish bo‘yicha ham asosiy davlati - O‘zbekiston - Markaziy Osiy mintaqasida XMTga a’zo bo‘lgan oxirgi davlat bo‘ldi.

XMT vakili tashabbusi bilan migrantlar huquqlarini himoya qilish o‘tgan haftada Samarqandda o‘tkazilgan Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumida qabul qilingan Samarqand deklaratsiyasiga kiritilgan. Hujjat matnida "Davlatlar migratsiyaviy maqomi qanday bo‘lishidan qat’i nazar hamda Barqaror taraqqiyot maqsadlariga muvofiq barcha migrantlarni hurmat qilishi, ularni himoya qilishi va inson huquqlari amalga oshishini ta’minlashga intilishlari kerak", - deyilgan hujjat matnida.

Yangiliklar lentasi
0