O‘zbekistondan Rossiyaga kelib ishlashi mumkin bo‘lgan fuqarolar soni cheklanmagan - Prixodko

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishSergey Prixodko
Sergey Prixodko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaga har yili 2,5 million O‘zbekiston fuqarolari ishlashga keladi - bosh vazir o‘rinbosari.

TOShKENT, 30-may - Sputnik. Har yili O‘zbekistondan Rossiyaga 2,5 million kishi keladi va ularning aksariyati ishlash maqsadida, deydi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Sergey Prixodko RIA Novostiga.  

Premyer-ministr RF Dmitriy Medvedev pribil s ofitsialnim vizitom v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Dmitriy Medvedev Toshkentga keldi

Ma’lumki, Rossiyada ishlash uchun patent rasmiylashtirishi kerak. Bu ish bilan faqat davlat organlari shug‘ullanadi. Prixodko aytishiga ko‘ra, kelayotgan migrantlarning ba’zilari ish qidirib yoki hujjatlarni rasmiylashtirish maqsadida o‘rtakash firmalarga murojaat qilgani tufayli, kelajakda ikki davlat organlari ularning huquqlarini himoya qilishda qiyinchilklarga duch keladi.

"Patent rasmiylashtirishda yoki ishga joylashishda ko‘plab migrantlar faoliyati shaffof bo‘lmagan o‘rtakash firmalar ximatlaridan foydalanadi. Shu sababli O‘zbekiston va Rossiya davlat organlari mehnat migrantlarining ish faoliyati, ularning ish sharoitlari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmaydilar va ularning huquqlarini himoya qila olmaydilar”, - dedi Prixodko.

Dmitriy Medvedev - Sputnik O‘zbekiston
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoq yanada kengayishi mumkin - Medvedev

Bosh vazir o‘rinbosari shuningdek, 2017-yilning 5-aprelida O‘zbekiston va Rossiya orasida imzolangan, O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada tashkillashtirilgan tartibda ishga qabul qilish haqidagi shartnoma haqida so‘zlab  berdi.

“Ushbu shartnoma ish beruvchiga kerakli kvalifikatsiyaga ega bo‘lgan ishchilarni yollash mehnat migrantiga esa – munosib mehnat sharoitlarini va mehnat huquqlarini kafolatlaydi”, - dedi Prixodko.

Kelajakda O‘zbekistondan Rossiyaga keluvchi mehnat migrantlari soni oshishi mumkinmi degan savolga bosh vazir o‘rinbosari quyidagicha javob berdi:

“Rossiyaga mehnat qilish uchun kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari soni kvotalanmagan va ular kelishi uchun taklifnoma talab qilinmaydi. Shu sabab ular Rossiya hududida mustaqil ish qidirishlari yoki tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashishlari mumkin. IIVning hududiy bo‘limida patent rasmiylashtirilganiden so‘ng, ular har qanday joyda qonuniy ishlashi mumkin”, - dedi Prixodko.

Bosh vazir o‘rinbosari shuningdek O‘zbekiston fuqarolari uchun MIFIda Rossiya davlat kvotasi asosida 30ta o‘rin ajratilganini va MIFIning O‘zbekistonda ochiladigan filialiga 100 kishi qabul qilinishini xabar qildi.

Yangiliklar lentasi
0