O‘zbekiston hukumati 950 nafar migrantga uyiga qaytishiga qanday yordam berdi

© Ministerstvo zanyatosti i trudovix otnosheniy UzbekistanaTrudovie migranti vozvrashayutsya domoy
Trudovie migranti vozvrashayutsya domoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq 1,5 ming nafar O‘zbekiston fuqarolarini qaytarishga ko‘maklashish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan edi.

TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. 2018 yilning oktabr oyidan boshlab O‘zbekiston hukumati Rossiyada qiyin ahvolda qolgan 950 nafar  fuqarolariga vataniga qaytishiga yordam berdi. Bu haqda O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev Sputnik O‘zbekiston muxbiriga xabar qildi.

Krilo samoleta - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston "Gruz-200" bo‘yicha barcha harajatlarni ko‘taradi

Avvalroq Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi hududiy organlarining Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazlaridagi taxminan 1500 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarishga ko‘maklashish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan edi. Ular og‘ir moddiy qiyinchilikka uchragan, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lmagan va O‘zbekistonga qaytishga pullari bo‘lmagan fuqarolardir. 

Kudbiyevning so‘zlariga ko‘ra, ulardan 950 nafari allaqachon uylariga qaytarilgan. Vazir hozirda tashkiliy va logistika masalalari tufayli migrantlarni qaytarish ko‘proq vaqt talab qilayotganini qayd etdi.

“Vakillarimiz bo‘lgan Moskva va Piterdan qaytarishimiz oson, lekin Rossiya juda katta. Hozircha barcha mintaqalarda yordam berish uchun shunchaki xodimlarimiz yetishmaydi”, - dedi Kudbiyev.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston hukumati Rossiya Federatsiyasining istalgan burchagida joylashgan vaqtinchalik saqlash markazlaridan ham o‘z fuqarolarini o‘z hisobidan chiqarib ketishga tayyor. Vazirlik hujjatlarini yo‘qotgan migrantlarga mamlakatning Rossiyadagi elchixona va bosh konsulxonalarida O‘zbekiston fuqaroligini tasdiqlash to‘lovini amalga oshiradi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra,  hozirgi kunda O‘zbekistonning 2,3 million nafar fuqarosi xorijda ishlamoqda. Rossiya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada qariyb 1 million nafar O‘zbekiston fuqarolari faoliyat yuritishmoqda.

Avvalroq O‘zbekistondagi xususiy bandlik agentliklari Rossiyaning bo‘sh ish o‘rinlari bazasiga ulanishi xabar qilingan edi. O‘zbekiston rekruting agentliklarini Rossiya ish izlash tizimiga jalb qilish masalasi O‘zbekiston-Rossiya davlatlarining navbatdagi hukumatlararo komissiyasining mehnat migratsiyasini rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishida, Krasnoyarskda muhokama qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0