Rossiyadagi o‘zbekistonlik migrantlar har yili vataniga 4 mlrd $ yubormoqda

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishRabochie-stroiteli na krishe zdaniya v Moskve.
Rabochie-stroiteli na krishe zdaniya v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, hozirda 2 million 300 mingdan ziyod O‘zbekiston fuqarolari xorijda ishlamoqda. Ulardan 2 millionga yaqini Rossiyada ishlamoqda.

TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya mehnat vazirligi O‘zbekiston mehnat migrantlarinining huquqlarini himoya qiladi. Bu haqda O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.

O‘tgan oyning oxirida ikki mamlakat vazirligi Krasnoyarsk shahrida mehnat migratsiyasini rivojlantirish bo‘yicha hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishida hamda Urganchdagi hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiya birinchi majlisi doirasida muzokaralar olib borishdi.

Trudovaya knijka - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat vaziri ishsizlar soni eng ko‘p bo‘lgan viloyatlarni sanab o‘tdi

Kudbiyevning so‘zlariga ko‘ra, idoralar migrantlar huquqini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish faoliyatini yo‘lga qo‘yishgan

Statistik ma’lumotlarga qaraganda, hozirda 2 million 300 mingdan ziyod O‘zbekiston fuqarolari xorijda ishlamoqda. Ulardan 2 millionga yaqini Rossiyada ishlab, har yili vataniga 4 mlrd dollar yuborishmoqda.

“Biz bu hamma oqim tashkillashtirilgan bo‘lishiga harakat qilimiz kerak”, - deya ta’kidladi vazir.

O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-may oylarida O‘zbekistondan Rossiyaga 472 kishi tashkillashtirilgan tartibda ishga yuborilgan. Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston hukumati fuqarolarini malakalarini oshirishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyadan xorijga pul o‘tkazlari hajmi bo‘yicha O‘zbekiston ikkinchi o‘rinni egallagani xabar qilingan edi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yilning birinchi choragida Rossiyadan O‘zbekistonga 818 million dollari yuborilgan. O‘zbekistonga mehnat migrantlari tomonidan yuborilayotgan mablag‘lar hajmi 2021-yilga kelib 7,2 milliard dollargacha oshishi mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0