Rossiyada migrantlar uchun yangi to‘lov joriy etish taklif qilindi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishRabochie na stroitelnoy ploshadke
Rabochie na stroitelnoy ploshadke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Migrantlarga ijtimoiy va tibbiy sug‘urtalashdan foydalanish, ularning farzandlarini esa bog‘cha va maktabga joylashtirish imkoniyatini beradi.

TOShKENT, 1-iyul – Sputnik. Rossiya Ichki ishlar vazirligi Rossiyada istiqomat qilish guvohnomasiga (VNJ) yoki vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomasiga (RVP) ega bo‘lgan migrantlar uchun qo‘shimcha to‘lov joriy etish taklif qildi.

Bu haqda "Kommersant’" mazkur hujjat loyihasiga asosan xabar qildi.

Olga Chudinovskix - Sputnik O‘zbekiston
Iqtisodchi: Rossiyada mehnat migratsiyasi o‘sishiga faqat qonunlar to‘sqinlik qilmoqda

Rossiyada RVP va VNJ asosida yashaydigan fuqarolar 1600 va 3500 rubl miqdorida davlat bojini to‘laganda mehnat qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, bu to‘lov migrantlarga ijtimoiy va tibbiy sug‘urtalashdan foydalanish, ularning farzandlarini esa bog‘cha va maktabga joylashtirish imkoniyatini beradi.

Rossiyaga vizasiz keladigan xorijiy fuqarolar mamlakatda patent asosida ishlaydi, bir yil ish faoliyati davomida mahalliy budjetga 30 dan 60 ming rublgacha to‘lov to‘laydi.

Biroq IIV migrantlar bu to‘lovlardan qochish maqsadida RVP va VNJ olishga harakat qiladi. Biroq ular Rossiya jamiyatiga to‘liq integratsiya qilishni xohlashmaydi. Shuning uchun IIV tomonidan jismoniy shaxslarda ishlaydigan (RVP va VNJga ega bo‘lgan fuqarolar) ishchilarga patent to‘lov majburiyatini joriy etishni rejalashtirmoqda.

Taklif mualliflariga ko‘ra, davlat bojini kirish mamlakatga uzoq muddatli migrantlar oqimini ko‘paytiradi.

Yaqin vaqtlarda IIV bu taklif Mehnat va Iqtisodiy rivojlanish vazirligi bilan kelishish uchun yuboriladi.

Yangiliklar lentasi
0