O‘zbekiston Rossiyada qiyin ahvolda qolgan fuqarolarni vatanga qaytardi

© Press-slujba Ministerstvo zanyatosti i trudovix otnosheniy Respubliki UzbekistanUzbekistan vernul iz RF grajdan, popavshix v slojnoe polojenie
Uzbekistan vernul iz RF grajdan, popavshix v slojnoe polojenie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan 719 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi. Shuningdek, xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolar vaziyati hisobga olinib, ularga yashash joylariga yetib olishlari uchun EKOIHning 1 baravari miqdorida pul mablag‘lari berildi.

TOShKENT, 2-iyul – Sputnik. 2019 yilning I yarim yilligida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Rossiya Federatsiyasining Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazlarida bo‘lgan, hujjat va mablag‘larsiz qiyin ahvolda qolgan jami 719 nafar fuqaroni O‘zbekistonga qaytardi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar bermoqda.

Trudovie migranti vozvrashayutsya domoy - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston hukumati 950 nafar migrantga uyiga qaytishiga qanday yordam berdi

Ma’lum qilinishicha, fuqarolarni ortga qaytarish bilan bog‘liq barcha xarajatlar vazirlik huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hisobidan qoplangan.

Qaytarilgan fuqarolar bepul maxsus tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mas’ul mutaxassislari tomonidan ishga joylashish, kasbga o‘qitish va qayta o‘qitish masalalari bo‘yicha tashkillashtirilgan muloqotlarida ishtirok etdi.

“Shuningdek, xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolar vaziyati hisobga olinib, ularga yashash joylariga yetib olishlari uchun EKOIHning 1 baravari miqdorida pul mablag‘lari berildi”, - deyiladi vazirlik xabarida.

pravila dlya migranta - Sputnik O‘zbekiston
Noqonuniy migrantga aylanib qolmay desangiz

Avvalroq O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev Sputnik O‘zbekiston muxbiriga 2018-yilning oktabr oyidan boshlab Rossiyada qiyin ahvolda qolgan 950 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarilganini ma’lum qilgan edi.

O‘zbekiston prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda 2018-yil sentabrdagi Hukumatlararo komissiyaning 19-kengashida O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida erishilgan kelishuvga muvofiq, xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolarni O‘zbekistonga qaytarish chora-tadbirlari boshlangan.

Yangiliklar lentasi
0