Qalbaki hujjatlar bo‘yicha o‘zbeklar Finlandiyada birinchi bo‘ldi

© Ministerstvo zanyatosti i trudovix otnosheniy UzbekistanaTrudovie migranti vozvrashayutsya domoy
Trudovie migranti vozvrashayutsya domoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019 yilning birinchi yarmida Finlandiya 219 nafar O‘zbekiston fuqarolarini qalbaki hujjat tufayli deport qildi.

TOShKENT, 28 avg – Sputnik. Hukumatlar bir-biriga ishongani tufayli qalbaki hujjatlardan foydalanish yillab davom etgan va davom etomoqda, o‘zbeklar haligacha Finlandiyada qalbaki hujjatlar bilan ish qidirmoqda, deb yozadi Finlandiyaning Yle nashri.

Xelsinki manzarasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston fuqarolari qalbaki diplom uchun Finlandiyadan deportatsiya qilindi

Finlandiya Migratsiya xizmati (Migri) xabariga ko‘ra, ushbu yil yozda jami 219 nafar O‘zbekiston fuqarolari Finlandiyadan deportatsiya qilingan. Undan tashqari Finlandiyada Yashashga ruxsatnoma olish uchun murojaat qilgan o‘zbekistonliklarning258 nafariga rad javobi berlgan, faqat 42 kishigani ijobiy javob olgan.

Bularning barchasiga – O‘zbekiston fuqarolari tomonidan qalbaki attestat va diplomlar taqdim etishgani bo‘lgan. O‘zbekiston fuqarosi tomonidan taqdim etilgan biinchi qalbaki hujjat 2015-yilda aniqlangan, 2016-yilda ham ularning soni ko‘p bo‘lmagan, lekin 2017-yildan boshlab – keskin oshib ketgan. Bugungi kunga qadar Finlandiya migratsiya xizmati O‘zbekiston fuqarolaridan 500dan ortiq soxta attestatlar olishgan.

Finlandiya O‘zbekiston fuqarolaridan soliq olish tartibini o‘zgartirdi

Migra aytishiga qaraganda, qalbaki hujjatlarni aniqlash oson ish emas, lekin O‘zbekiston fuqarolari taqdim etgan soxta hujjatlar yasalish sifati ham juda past bo‘lgan. Ba’zi diplom va attestatlarning nomeri ham bir xil bo‘lgan.

Qalbaki hujjatlar bo‘yicha vizalar asosan Finlandiyaning Rossiya va Qozog‘istondagi elchixonalari orqali olingan.

2019 yilda Finlandiyadan deportatsiya filingan fuqarolar soni bo‘yicha O‘zbekiston birinchi o‘ringa chiqqan. Buni quyidagi diagrammadan ko‘rish mumkin.

© YleKolichestvo deportirovanix grajdan iz Finlandii za yanvar-iyul 2019 goda
Qalbaki hujjatlar bo‘yicha o‘zbeklar Finlandiyada birinchi bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Kolichestvo deportirovanix grajdan iz Finlandii za yanvar-iyul 2019 goda
Yangiliklar lentasi
0