“Vaqtincha yashash uchun ruxsat” O‘zbekistonda o‘zini oqlaydimi?

© Radio SputnikEkonomicheskiy ekspert Anton Shabanov
Ekonomicheskiy ekspert Anton Shabanov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga xorijiy investorlarni nima jalb qilishi mumkin va 3 mln AQSh dollariga vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma qanchalik jozibador bo‘la oladi. Bular haqda rossiyalik iqtisodchi Anton Shabanov mulohazalari.

TOShKENT, 16 okt — Sputnik. O‘zbekistonda xorijiy investor respublikaga 3 million AQSh dollaridan kam bo‘lmagan qiymatda mablag‘ kiritishi sharti bilan 10-yillik muddatga vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma berilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Shu bilan birga, salohiyatli investorlarga qo‘shimcha imtiyozlar va uning oila a’zolariga O‘zbekiston fuqarolari bilan teng ravishda ta’lim olish uchun preferensiyalar kafolatlanadi.

Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda vaqtincha yashash uchun ruxsatga narx belgilandi

Rossiyalik iqtisodchi fikriga ko‘ra, mablag‘larni jalb qilishning bu usuli butun dunyoda keng tarqalgan, ammo yakuniy natija aniq shart-sharoitlarga, pul tikmoqchi bo‘lgan chet el fuqarosi qo‘lga kiritadigan afzalliklarga borib taqaladi. 

Bunday tajriba  ko‘plab taraqqiy topgan mamlakatlar – AQSh, Shveysariya kabilar tomonidan qo‘llanib kelingan. Xorvatiyada ham, masalan, kurortlar qurilishida bu turdagi ruxsatnoma berish dasturi bor edi, deydi iqtisodchi.

"Asosiy savol, bunday tajribani qo‘llamoqchi bo‘lgan davlat yangi investorlarga qanday manfaatli afzalliklarni taqdim eta oladi? Investorlarni qanday yengilliklar, soliq imtiyozlari kutib qoladi? Ruxsatnomaga belgilangan narxga keladigan bo‘lsak, uning u qadar baland va past ham emasligini qayd etish kerak. Umumiy ko‘rsatkichlardan kelib chiqilsa, fikrimcha, harajatlar kutiladigan salohiyatli daromadlardan hozircha oshib o‘tapti. Shuning uchun ham bu mexanizmni juda ko‘p biznesmen qo‘llaydi, deb o‘ylamayman”, - deya ta’kidladi Shabanov.

Ayni vaqtda, ekspert ushbu dastur kelgusida rivoj topishi va hozirgi shart-sharoitlar bu xorijiy hamkorlarni kompleks jalb qilish yo‘lida ilk qadam bo‘lishi mumkinligini inkor etmadi.

Opravdana li sena vida na jitelstvo dlya investorov v Uzbekistane - ekonomist
Yangiliklar lentasi
0