Rossiyada 4 oy oldin izsiz yo‘qolgan o‘zbekistonlik migrant qidirilmoqda

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishAvtomobil politsii
Avtomobil politsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qarindoshlari so‘zlariga ko‘ra, migrant to‘rt oy oldin qarindoshlari bilan aloqaga chiqmay qo‘ygan. Shu vaqtgacha olib borilgan qidiruvlar natijasiz qolmoqda

TOShKENT, 1 noya - Sputnik. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yashab, qurilishda ishlab kelgan o‘zbekistonlik Ergashali Daliyev qarindoshlari tomonidan qidirilmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

© Muxtorbek TurdaliyevErgashali Daliyev - migrant, propavshiy v Sankt-Peterburge
Rossiyada 4 oy oldin izsiz yo‘qolgan o‘zbekistonlik migrant qidirilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Ergashali Daliyev - migrant, propavshiy v Sankt-Peterburge

Ma’lum bo‘lishicha, qirq to‘qqiz yashar Ergashali Daliyev 4 oydan beri yaqinlari bilan aloqaga chiqmay qo‘ygan.

Sankt-Peterburg politsiyasiga murojaat qilingan, biroq hamon migrantdan darak yo‘q.

Ergashali Daliyev so‘nggi bor o‘g‘illari bilan qo‘ng‘iroqlashganida, o‘zining qurilishda ishlayotganini aytgan.

Yangiliklar lentasi
0